Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng katta marjon topildi

Dunyodagi eng katta marjon topildi

Olimlar Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismida dunyodagi eng katta marjonni topdi, deb yozadi Belta ABC ga tayanib.

Marjon 300 yildan ortiq yashagan bo‘lishi mumkin. Olimlar marjonning kattaligi ko‘k kitdan kattaroq ekanligini ta’kidladilar. Uning rangi jigarrang, ammo boshqa ranglar qisman u bilan birlashtirilgan.

“Xaritada kema halokati ko‘rsatilgan hududda sho‘ng‘idim, u yerda marjonni ko‘rdim”, – deydi ekspedisiya a’zosi.

BBC xabariga ko‘ra, ekspedisiya davomida olimlar marjonni o‘lchash uchun maxsus o‘lchov chizig‘idan foydalangan.

“Marjonning eni 34 metr, uzunligi 32 metr, balandligi 5,5 metr”, – deyiladi xabarda.

Bu haqda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COR29 sammitida ma’lum qilindi.

Marjon Pavona clavus turiga tegishli bo‘lib, u qisqichbaqalar, baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari uchun yashash joyiga aylandi. Ushbu marjonni o‘rganish orqali olimlar okean tarixini chuqur urganishdan umidvor.

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) hisobotida aytilishicha, iliq suvlardagi marjonlarning 44 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!