Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng ifloslangan poytaxt o‘z nomini "saqlab qoldi"

Dunyodagi eng ifloslangan poytaxt o‘z nomini "saqlab qoldi"

Shveysariyaning IQAir tashkilotining xabar qilishicha, Nyu-Dehli 2020 yilda ham dunyodagi eng ifloslangan poytaxt shahar bo‘ldi. Hindiston poytaxti 2018 va 2019 yillarda ham ifloslangan poytaxtlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda qayd etilgandi.

IQAir tashkiloti PM2. 5 nomli havodagi o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaradigan moddalar miqdoriga qarab o‘zining ushbu reytingini tuzadi. 2020 yilda ushbu tashkilot 106 ta mamlakatdagi shaharlar havosini o‘rganib chiqqan bo‘lib, jahondagi eng ifloslangan 50 ta shaharning 35 tasi aynan Hindistonda ekanini qayd etgan.

2020 yilda Nyu-Dehlida bir kubometr havodagi PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentrasiyasi 84.1 ni tashkil etdi. Bu Xitoy poytaxti Pekindagi ifloslanishdan ikki baravardan ham ko‘p bo‘lib, o‘tgan yili Pekin havosidagi PM2.5 ning o‘rtacha miqdori 37.5 ga teng bo‘lgan. Bu bilan Nyu-Dehli dunyodagi eng iflos shaharlar o‘rtasida 14 o‘rinni egalladi.

Hindistonda o‘tgan yilgi lokdaun sabab havo ifloslanishi 11 foizga kamaygan bo‘lsada, bu mamlakatda zararli moddalarning havoga ajrab chiqishi yuqoriligicha qolmoqda. 2020 yilda birgina Nyu-Dehlidagi iflos havo 54 mingga yaqin aholining o‘limiga sabab bo‘lgan.

«Hindistonda havo ifloslanishi hali ham juda yuqori» deyiladi IQAir xabarida.

Shuningdek, IQAir tashkiloti eng ifloslangan mamlakatlar ro‘yxatini ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, 2020 yilda havosi eng yomon davlatlarning birinchi o‘rnida Bangladesh, ikkinchi o‘rinda Pokiston va uchinchi o‘rinda Hindiston qayd etilgan.

Kiritildi: 16:17 27.03.2021. O'qildi: 4188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!