Dunyodagi eng go‘zal jinoyatchi va uning boy sevgilisi Dubaydagi Kavalli klubida urushib qolishdi. Ular yangi poyabzal brendining taqdimotiga borishgan edi. Jeremi u yerda o‘zini suvdagi baliq kabi his qilgan, vaholanki bunday joylar unga begona emas, deya yozadi Daily Mail.
Biroq, Xloi, manba ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda o‘zini noqulay his etgan.
Natijada sevishganlar baland ovozda bir-birlariga baqira boshlashgan. Jeremi bazmni yolg‘iz tark etgan. Ko‘p o‘tmasdan Xloi Instagramdagi u bilan suratga tushgan hamda nikoh uzugi tasvirlangan rasmalarni o‘chirib tashlagan.
Miks va Xloyaning munosabatlari haqida bir yarim yil oldin ma’lum bo‘lgandi. Bu davr mobaynida juftlik farzand ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi - ular o‘n oylik o‘g‘li Jaydenni birga tarbiyalashayotgan edi.