Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyodagi birinchi mobil telefoni sovet muhandisi tomonidan kashf etilgan

Dunyodagi birinchi mobil telefoni sovet muhandisi tomonidan kashf etilgan

Birinchi mobil telefon 1973 yilda «Motorola» kompaniyasining ixtirochi-muhandisi Martin Kuper tomonidan ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi. Ammo mobil aloqaning rivojlanishi butun dunyoda 30-yillarning oxiridan boshlangan va SSSR ushbu sohada kashshoflardan biri bo‘lgan.

1957 yilda Sovet radio muhandisi Leonid Ivanovich Kupriyanovich LK-1 avtomatik uyali telefonining ishlaydigan prototipini namoyish etdi.

Birinchi mobil apparatining og‘irligi 3 kg ni tashkil etgan hamda 20-30 km radius masofani qoplagan va batareyasi bir sutkaga yetgan. Kupriyanovichning telefonii ham, zamonaviy telefonlar singari, GTS bilan (ATR) baza stansiyasi orqali bog‘langan.

Bir yil o‘tgach, ixtirochi qurilmani takomillashtiradi va og‘irligini 500 grammgacha, o‘lchamini esa A5 formatli qog‘oz varag‘i miqdorida kamaytirdi (xorijiy telefonlar bu og‘irlik va hajmga faqat 1980 yillarning boshlaridagina erishgan).

Uch yildan so‘ng, Kupriyanovichning telefoni shu qadar kichrayib ketdiki, u qo‘l kaftiga sig‘adigan hajmda, atigi 70 grammni tashkil etdi! Hozir esa telefoningizni qo‘lingizda ushlab turarar ekansiz, Kupriyanovichning sovet mobil telefoni haqida eslang.

Kiritildi: 06:45 30.03.2020. O'qildi: 4060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!