Nyu-York universiteti Langona tibbiyot markazi jarrohlar jamoasi birinchi marta inson ko‘zini ko‘chirib o‘tkazish operasiyasini amalga oshirdi.
Bu haqda Nyu-York universiteti tibbiyot markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bemor Arkanzas shtatida yashovchi 46 yoshli harbiy faxriy bo‘lib, ish joyida yuqori kuchlanishli elektr toki urishini boshdan kechirgan.
Tibbiyot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya 2023 yilning 27 mayida o‘tkazilgan va taxminan 21 soat davom etgan.
Unda 140 dan ortiq jarroh, hamshira va boshqa tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.