Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyo “oziq-ovqat urushi”ga duch kelishi mumkin

Dunyo “oziq-ovqat urushi”ga duch kelishi mumkin

Agar Ukraina g‘allasini yetkazib berishdagi muammolar saqlanib qolsa, dunyo “oziq-ovqat urushi”ga duch kelishi mumkin. Italiya Tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo “La Stampa” gazetasiga bergan intervyusida shunday ogohlantirish berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“O‘tkazilgan barcha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bug‘doy va don yetishmasligidan xalos bo‘lishning yagona yo‘li bor: bug‘doyni Ukrainadan dengiz orqali olib o‘tish imkonini beruvchi himoyalangan yo‘lak yaratish. Quruqlikdagi yo‘llar bilan bu juda qiyin... Aks holda, biz oddiy oziq-ovqat inqiroziga emas, behisob oqibatlarga olib keladigan oziq-ovqat urushiga duch kelamiz”, deydi Di Mayo.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Ukraina birgalikda jahon bozoriga bug‘doy va arpaning 30 foizini, makkajo‘xorining 20 foizini va kungaboqar yog‘ining deyarli 75 foizini yetkazib beradilar.

Kiritildi: 23:34 21.05.2022. O'qildi: 2651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!