Dubay o‘zining diqqatga sazovor joylar ro‘yxatini blokcheyn, markazlashmagan moliya (DeFi) va Web3 sohalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan “kripto minora” deb ataladigan inshoot bilan to‘ldirishga tayyorlanmoqda. Loyiha “DMCC” va “REIT Development” kompaniyalari tomonidan e’lon qilingan.
Aslida bino “Crypto Tower” deb nomlanadi va uning umumiy maydoni 150 ming kvadrat futni tashkil etadi. Inshoot bir necha darajaga bo‘linadi, ularning har biri Web3 ning ma’l
Markazdagi to‘qqiz qavat kriptovalyuta startaplari va kompaniyalari uchun ofislar sifatida ajratiladi. Uch qavat blokcheyn inkubatorlari, venchur fondlari va sun’iy intellekt sohasidagi firmalarga beriladi.
Shuningdek, binoda kriptoklub, NFT san’at galereyasi va qimmatbaho buyumlar uchun maxsus omborxona ham mavjud bo‘ladi.
Crypto Tower"da ijarachilarni joylashtirish va operasiyalarni boshqarish uchun blokchein texnologiyalari, jumladan, onchain-voting va aqlli shartnomalardan foydalaniladi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, bu shaffoflikni ta’minlash, jarayonlarni avtomatlashtirish va ma’muriy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Minora raqamli aktivlarga bag‘ishlangan tadbirlar uchun joylarni, shuningdek, elitaviy savdo maydonchalarini taqdim etadi. Bu maydonchalar oltin quymalar do‘koni va noyob avtomobillar saloni kabi maskanlar uchun ajratiladi.
Ta’kidlanishicha, dam olish va muloqot uchun maxsus hududlar hamda Web3 kompaniyalarining yuqori to‘planishi bu markazni biznes hamjamiyatining e’tibor markaziga aylantiradi.
“DMCC” rahbari Ahmad Bin Sulayem loyihani texnologiyalar va ko‘chmas mulk kesishmasidagi inqilobiy qadam deb atadi. Uning fikricha, bino shaharning umumiy uslubiga yaxshi mos keladi va Dubayning ilg‘or texnologiyalarga sodiqligini ta’kidlaydi.
““Crypto Tower"ni barpo etish — bu Web3 kelajagining haqiqiy namoyon bo‘lishi bo‘lib, unda shaffoflik va mulkdorlik blokcheyn texnologiyasi orqali ta’minlanadi. Bundan tashqari, bu bizning niyatlarimizning ifodasi hisoblanadi, chunki biz Dubayning jahondagi yetakchi innovasion markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlashni davom ettirmoqdamiz,” — deya ta’kidladi Bin Sulayem.
2027 yilda qurilish ishlari yakunlangach, “kripto minora"ning darhol faoliyat boshlashi va butun dunyo bo‘ylab startaplar hamda yirik kompaniyalarni o‘ziga jalb qilishi kutilmoqda.