Dubayning hududiy suvlarida dron Quvayt neft tankeriga zarba berdi va yong‘inga sabab bo‘ldi.
Bu haqda Associated Press Dubai Media Office nashriga tayanib xabar berdi.
Britaniya harbiylarining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo operasiyalari markazi hujum haqida xabar berib, kema Dubaydan 31 dengiz mili (57 kilometr) shimoli-g‘arbda joylashganligini aytdi.
Xabarda noma’lum snaryad tankerning o‘ng tomoniga urilib, yong‘inga sabab bo‘lgani aytilgan. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, atrof-muhitga salbiy ta’sir qayd etilmagan.
Quvayt neft tankeriga zarba berilgandan keyin chiqqan yong‘in o‘chirildi. Dubay rasmiylari buni e’lon qilishdi.
"Dubay rasmiylari tezkor guruhlar Dubayning hududiy suvlarida Quvayt neft tankeri bilan bog‘liq hodisani muvaffaqiyatli o‘chirganini tasdiqlamoqda. Neft oqishi va jarohatlanganlar yo‘q", deyiladi bayonotda.