Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Donor hamda resipiyent qanday huquq va majburiyatlarga ega?

 Donor hamda resipiyent qanday huquq va majburiyatlarga ega?

“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida tirik donorning huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

Tirik donor:

✅ o‘zidan a’zosini va (yoki) to‘qimasini olish amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasidan inson a’zosini va (yoki) to‘qimasini olish bo‘yicha bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida to‘liq axborot olish;

✅ jarrohlik amaliyoti yoki muolaja o‘tkazilishini u boshlanguniga qadar rad etib, rad etish sababini asoslamaslik;

✅ o‘zidan a’zosi va (yoki) to‘qimalari olinganligi bilan bog‘liq bo‘lgan, yuzaga kelgan asoratlar tufayli davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qonunchilikka muvofiq davolanish va kuzatuvda bo‘lish huquqiga ega.

Tirik donor:

❗️o‘z boshidan o‘tkazgan yoxud o‘zida mavjud bo‘lgan kasalliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zidan a’zosini va (yoki) to‘qimasini olish amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasiga ma’lum qilishi;

❗️shifokorlarning tibbiy tavsiyalariga rioya etishi shart.

Qonunning 18-moddasiga muvofiq, Resipiyent:

📌 o‘ziga inson a’zosini va (yoki) to‘qimasini transplantasiya qilish bo‘yicha bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida a’zoning va (yoki) to‘qimaning transplantasiyasi amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasidan to‘liq axborot olish;

📌 jarrohlik amaliyoti yoki muolaja o‘tkazilishini u boshlanguniga qadar rad etib, rad etish sababini asoslamaslik;

📌 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida reabilitasiyadan o‘tish va kuzatuvda bo‘lish;

📌 o‘ziga inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantasiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yuzaga kelgan asoratlar tufayli O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan zarur tibbiy yordamni qonunchilikka muvofiq olish huquqiga ega.

Resipiyent:

❗️o‘z boshidan o‘tkazgan yoxud o‘zida mavjud bo‘lgan kasalliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni a’zoning va (yoki) to‘qimaning transplantasiyasi amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasiga ma’lum qilishi;

❗️shifokorlarning tibbiy tavsiyalariga rioya etishi shart.

Kiritildi: 11:19 14.05.2022. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!