Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Donald Trampning o‘rnini boshqa islomofob egallashi mumkin

A A A
Donald Trampning o‘rnini boshqa islomofob egallashi mumkin

Amerikalik musulmonlar davlat rahbari lavozimini boshqa bir islomofob egallashi mumkinligidan xavotirda, deya yozadi Huffington Post nashri. 
Kelasi yil AQShda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tadi va Nyu-Yorkning sobiq hokimi Maykl Blumberg hozirgi prezident Donald Trampning lavozimdan ketishini umid qilgan holda Demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini faol ravishda ilgari surmoqda. 

Blumberg Nyu-Yorkda musulmonlar tez-tez keladigan va yig‘iladigan joylarni uzoq muddatli kuzatuvga olish ishlarining ortida turgan edi. 

Asad Dandiya ismli musulmonning eslashicha, u 2012 yil Feysbukda Shamiur Rahmon ismli kishining do‘stlik haqidagi so‘rovini qabul qilgan. Rahmon Nyu-Yorkdagi musulmonlarning hayotiga juda qiziqqan. Keyinchalik u polisiya bo‘limidan ma’lumot yig‘uvchi sifatida yollangani va buning uchun unga maosh tayinlangani ma’lum bo‘ladi.
O‘sha paytda shahar hokimi bo‘lgan Blumberg musulmonlarni kuzatish dasturini ma’qullagan va uni nazoratiga olgan.

Bunday ishlari fosh bo‘lganidan keyin ham ularni oqlagan edi. 
Blumberg o‘zini Donald Trampning ashaddiy raqibi sifatida ko‘rsatmoqda, ammo amerikalik musulmonlar davlat rahbari lavozimiga yana bir radikal islomofob kelishidan xavfsiramoqda. Shu munosabat bilan musulmonlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib borib, Blumbergning saylanish imkoniyatini kamaytirish harakatida.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:05 18.12.2019. O'qildi: 3585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik