Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Donald Trampning raqibini ko‘rshapalak tishlab oldi

Donald Trampning raqibini ko‘rshapalak tishlab oldi

AQSh prezidentligiga Libertariya partiyasidan nomzod Jo Jorgensenni ko‘rshapalak tishlab oldi. Bu haqda u o‘zining tvitterida yozdi.

Ko‘rshapalak uni qanday sharoitda tishlab olgani aniqlanmagan. Bu voqea uning saylovoldi kampaniyasi boshlanayotgan paytda yuz bergan.

Siyosatchi o‘zining saylovoldi mitingini bekor qilishga majbur bo‘ldi, chunki o‘sha paytda unga quturishga qarshi vaksina berildi. Shu bilan birga, Jorgensen uning ishtirokidagi qolgan tadbirlar rejalashtirilgan jadvalga muvofiq bo‘lib o‘tishiga va’da berdi.

Kiritildi: 09:33 09.08.2020. O'qildi: 3085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!