Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“Donald Tramp o‘z vatanini sevadi!”

A A A
“Donald Tramp o‘z vatanini sevadi!”

AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp 25-avgust, seshanba kuni Respublikachilar partiyasining milliy s’ezdida nutq so‘zlar ekan, turmush o‘rtog‘i va amaldagi Amerika yetakchisi Donald Trampning hech qachon o‘zining haqiqiy fikrlarini yashirmasligini, zero, u samimiy va o‘z vatanini sevishini ma’lum qilgan holda amerikaliklar o‘z prezidenti tomonidan mutlaqo halollikka loyiq ekanligini ta’kidladi.

 Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Birinchi xonim jonli auditoriya oldida Oq uyga murojaat qildi. Yig‘ilganlar orasida davlat rahbarining o‘zi ham bor edi.

“Siz buni xohlaysizmi-yo‘qmi, ammo har doim uning fikrlarini bilib olishingiz mumkin. Chunki u o‘z vatanini va xalqini sevadigan, uning yaxshilanishini ko‘rishni istaydigan samimiy insondir", dedi Tramp xonim turmush o‘rtog‘i AQSh uchun eng yaxshi tanlov ekanligini qo‘shimcha qilar ekan.

 

 

Kiritildi: 13:30 26.08.2020. O'qildi: 1411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik