Donald Tramp so‘nggi ikki yil ichida eng ko‘p Ukrainadagi urushni tugatishga va’da bergan. Bu haqda Axios portali xabar berdi.
Nashr 2023 yil 1 yanvardan 2024 yil 6 dekabrgacha bo‘lgan davrda Trampning ommaviy bayonotlarini, jumladan matbuot anjumanlari va intervyularini tahlil qildi. Ma’lum bo‘lishicha, AQShning bo‘lajak rahbari bu davrda 33 marta Ukraina-Rossiya mojarosini hal qilishga va’da bergan.
Ikkinchi o‘rinda (32 marta) Tramp AQShning eng yuqori davlat lavozimiga kelgan birinchi kunidayoq noqonuniy muhojirlar uchun chegarani yopish va’dasi turibdi.
Uchinchi o‘rinda (26 marta) vaksinasiya majburiy bo‘lgan va AQShda irqchilik ildiz otganini o‘rgatuvchi maktablarni moliyalashtirishni cheklashga tayyorligini bildirgan bayonotlari joylashgan.
To‘rtinchi o‘rinda (25 marta) noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha "eng yirik operasiyani boshlash" va’dasi turibdi.
Tramp tomonidan eng ko‘p aytilgan va’dalarning beshinchi o‘rinidan (22 marta) esa Qo‘shma Shtatlarda elektromobilga majburiy ravishda o‘tishni to‘xtatish joy olgan.