Aqsh yetakchisi mutlaqo sog‘lom ekanini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti so‘nggi kunlarda uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar borligi haqidagi mish-mishlarga javoban o‘zini juda yaxshi his qilayotganini bildirdi.
"Men hayotimda hech qachon o‘zimni bunchalik yaxshi his qilmaganman", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq, “Strana” nashri ijtimoiy tarmoqlar va matbuotda AQSh prezidenti Donald Tramp vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalgani haqida yozgan edi.
Bu xabarlar asos sifatida AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensning kecha aytgan so‘zlari keltirilmoqda. Vens kecha o‘z bayonotida, agar Tramp bilan nimadir yuz bersa, AQSh prezidentligi vakolatlarini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan edi.