Avvalroq Mask AQSh ma’muriyatidagi vakolat muddati tugayotganini aytgan va Trampga minnatdorchilik bildirgan edi.
"Juma kuni soat 13:30da (Toshkent vaqti bilan soat 22:30da) Oq uydagi Oval kabinetda Ilon Mask bilan matbuot anjumani o‘tkazaman. Bu uning so‘nggi kuni bo‘ladi, ammo u doimo biz bilan bo‘ladi va bizga yordam berishda davom etadi. Ilon — hayratlanarli darajadagi inson! Ertaga Oq uyda ko‘rishamiz", — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq, Milliarder va AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask o‘zining ma’muriyatdagi vakolati muddati tugayotganini e’lon qildi va prezident Donald Trampga minnatdorchilik bildirgani haqida xabar bergan edik.