Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Tramp Manxetten jinoiy sudi binosida hibsga olingan.
Hozir u ayblov e’lon qilinishi bo‘yicha sud mahkamasini kutmoqda.
Avvalroq, sobiq prezident pornoaktrisa Stefani Kliffordga to‘lovlar bo‘yicha ish yuzasidan so‘roqqa chaqirilgani xabar qilingan edi.
Tasdiqlanishicha, Trampning advokati Maykl Koen 2016 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi avjida qizga 130 ming dollar to‘lagan. Buning evaziga u siyosatchi bilan munosabatlarini sir saqlashi kerak bo‘lgan.