Donald Tramp Kolorado shtatining Aurora shahrida o‘tkazilgan miting chog‘ida muhojirlarni xavfli jinoyatchilar sifatida ko‘rsatib, AQSh fuqarolarini o‘ldirgan muhojirlarga o‘lim jazosi berishga chaqirdi. Bu haqda "SBS News" nashri xabar berdi.
"Men shu bilan Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot idorasi xodimini o‘ldirgan har qanday muhojirni o‘lim jazosiga chaqiraman”, deya takidlagan Tramp.
Aytib o‘tish joizki, AQSh shtatlarining deyarli yarmi o‘lim jazosini taqiqlaydi.
Muhojirlarga nisbatan "tish qayrab" olganining sababi esa, Trampning hozir Amerika butun dunyoda bosib olingan Amerika sifatida tanilgan, degan fikridan ayon.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 5 noyabrda AQShda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp esa asosiy nomzodlardan biri.