Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Domda qo‘lbola tunuka pechka portlagani aytildi

Domda qo‘lbola tunuka pechka portlagani aytildi

Bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Domda qo‘lbola tunuka pechka portladi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Shuni ma’lum qilamizki, bugun, 23 dekabr kuni soat 08:34 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, “Obod yurt” MFY hududidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lgan. Gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lmagan.

Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:37 da yetib borib, yong‘in soat 08:40 da o‘rab olingan va soat 08:47 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning 15 kv.m. maydonida ichki jihozlari yonib zarralangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektr manbaida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda (https://t.me/MCHSUzbek/39056).

Kiritildi: Bugun 16:48. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!