Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dollar o‘rnini bosa oluvchi valyuta bormi? — Milliarder javobi

A A A
Dollar o‘rnini bosa oluvchi valyuta bormi? — Milliarder javobi

Xitoy milliy valyutasi – yuan kelgusida jahon savdosida eng ko‘p qo‘llanuvchi valyutaga aylanadi. Bu haqda amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investisiya kompaniyasi asoschisi Rey Dalio aytdi.

Dalioning prognoziga ko‘ra, Xitoy valyutasi AQSh dollariga nisbatan «yashovchanroq» bo‘lib chiqadi.

«Fikrimcha, kelgusida odamlar qaysi valyutani qo‘llashni o‘zlari tanlaydilar va mustahkam iqtisodiy asosga ega valyutalargina raqobatbardosh bo‘ladi. Ko‘plab davlatlar uchun bu xavfga aylanadi», deb aytgan milliarder CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, AQSh iqtisodiyoti nafaqat yuan mustahkamlanishi, balki mamlakat ichidagi muammolar, jumladan, amerikaliklarning kreditlanish darajasi o‘sishi hisobiga zarba ostida qolishi mumkin.

Kiritildi: 14:41 02.06.2021. O'qildi: 3616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!