Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Diqqat! Xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmang

Diqqat! Xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmang

Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida mamlakatimizda 2018 yildan xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilgan.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan joriy yilning 14 noyabridan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etildi.

✅ Endilikda O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi.

✅ Shuningdek, har bir xizmat ko‘rsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari “labor-migration” axborot tizimda real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladi.

✅ Bundan tashqari, fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi belgilab qo‘yildi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligining xususiy bandlik agentliklari reestridan 104 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 75 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berilgan.

❗️ Bugungi kunga kelib, 55 ta xususiy bandlik agentligining lisenziyasi bekor qilinib, lisenziyasi mavjudlari 20 tani tashkil etmoqda.

Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bugungi kunda lisenziyasi mavjud xususiy bandlik agentliklari ham lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha murojaat qilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmalikka chaqiramiz.

Agar xususiy bandlik agentliklari bilan nizoli vaziyatlarga duch kelsangiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

☎️ 71 202-33-55 va 71 200-00-61 yoki 1282

Kiritildi: 18:08 01.12.2020. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!