Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Diqqat! Toshkentda ishlatilgan niqoblarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda!

Diqqat! Toshkentda ishlatilgan niqoblarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda!

Bugun koronavirus pandemiyasi sabab tibbiyot chiqindilari misli ko‘rilmagan darajada ko‘p hosil bo‘lmoqda. Mamlakatimizda hech qachon bu qadar ko‘p doka niqoblar, rezina qo‘lqoplar, himoya vositalari ishlatilmagan. Ularni ishlatib bo‘lgandan keyin mashiiy chiqindilarga aralashtirish, aslo mumkin emas.

Xo‘sh, tibbiyot chiqindilari va niqoblarni  nima qilish kerak? Toshkent shahrida muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari tomonidan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan, poytaxtning Mirobod tumanida faoliyat yuritayotgan «Mironshoh» va «Rahnamo» muqobil sanitar tozalash xususiy korxonasi hasher week loyihasi bilan hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l urdi. Korxonalar o‘z tasarrufidagi chiqindi yig‘ish maydonchalariga (ular jami 14 tani tashkil etadi) ishlatilgan niqoblar, rezina qo‘lqoplar, turli xildagi tibbiy himoya vositalarini tashlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chiqindi qutilarini o‘rnatmoqda.

Kiritildi: 17:05 03.04.2020. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!