Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Diplomatiya universitetida sudyalar “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi

A A A
Diplomatiya universitetida sudyalar “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi

Diplomatiya universitetida sudyalar “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, so‘ngi vaqtlarda yoshlar o‘rtasida ko‘p sodir etilayotgan giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi, aqidaparastlik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish hamda jamoat xavfsizligiga qarshi sodir etilayotgan boshqa jinoyatlar tahlili, jinoyatlarni kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish hamda yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratildi.

Kuni kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyalari tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari va o‘qituvchilari bilan “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati yakunida uchrashuvning amaliy huquqiy ta’sirchanligini yanada ta’minlash maqsadida, universitetining alohida tashkil etilgan sud zalida talablar uchun sayyor sud majlislari ham o‘tkazildi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, davra suhbatida universitet o‘qituvchilari va talabalari bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir etilishidagi omillarni huquqiy asoslarini sodda va ravon tilda sudyalar keltirgan misollarda tushunib oldilar.

Ko‘zlangan maqsad ham aynan shu edi. Zero, sudyaning maqsadi nafaqat sodir etilgan jinoyatni jazolash, balki sodir etiladigan jinoyatni barvaqt oldini olish maqsadida bu kabi sayyor sud hamda davra suhbatlari orqali yoshlar huquqiy ongini o‘stirish hamdir. Balki shundan bo‘lsa kerak davra suhbatida yoshlar o‘ ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Mirzo Ulug‘bek tuman sudi

Kiritildi: 17:49 02.03.2022. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!