Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Dinozavrlarning qirilib ketishiga asteroid sababmi?

Dinozavrlarning qirilib ketishiga asteroid sababmi?

AQShda Yel universiteti olimlari dinozavrlarning qirilib ketishiga vulqon emas, asteroid asosiy sabab bo‘lganini isbotlashdi. Olimlarning tadqiqoti bahaybat reptiliyalarning yo‘qolib ketish siriga oydinlik kiritgan.

Paleoklimatologlarning aniqlashicha, Hindistonda juda ko‘p vulqonlar otilishi mel-paleogen qirilishdan 66 million yil muqaddam biosferaga ta’sir ko‘rsatgan.

Mutaxassislar vulqon otilishining aniq vaqtini dengizda toshga aylangan jismlar yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ular hayvon qoldiqlaridagi izotoplar tarkibi karbonat angidridning global konsentrasiyalaridagi o‘zgarishlarga mos kelishini o‘rganishdi. Shundan so‘ng karbonat angidridning iqlimga ta’sirini modellashtirishdi. Buni qarangki, uglerod otilishi Selsiy bo‘yicha ikki daraja global isishga olib kelar ekan. Bu esa ulkan hayvonlarning qirilib ketishiga yetarli bo‘lmaydi.

Kiritildi: 19:41 24.01.2020. O'qildi: 2726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!