Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Diazning "Liverpul"dan "Barselona"ga o‘tishi shartlari ma’lum bo‘ldi

Diazning "Liverpul"dan "Barselona"ga o‘tishi shartlari ma’lum bo‘ldi

Hujumchi Luis Diaz bir top-klubdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. 27 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferi faqatgina kataloniyaliklar Rafinyani sotib yuborsagina amalga oshadi.

“Ko‘k-anorranglilar” braziliyalik futbolchi uchun 90 million yevro olishni rejalashtirmoqda. Diaz "Barselona" bilan muzokara o‘tkazmoqchi, ammo "Liverpul" hujumchini 75 million yevro olsagina qo‘yib yuborishga tayyor.

2023/2024 yilgi mavsumda Luis Diaz 51 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 15:09 24.06.2024. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!