Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Deputat propiska haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Uzoq kutmaysizlar“

Deputat propiska haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Uzoq kutmaysizlar“

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Xs.uz.

Unda jurnalistlar propiska olish tartibi, fuqarolarga ikki xil narxda boj belgilangani, agar fuqaro doimiy propiskaga ega bo‘lmasa, ikkilamchi bozorda turar joy sotib ololmasligi va bu holatlar Konstitusiyaga qanchalik mos ekani haqida savol bergan.

“Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo‘lsam, bu noto‘g‘ri, — dedi deputat Ibrohim Hojiyev. — Shaxsan o‘zimga va boshqa ko‘p deputatlarga ham aynan shu masalada juda ko‘p murojaatlar kelib tushadi. Sizni ishontirib aytaman, bu masala ham tartibga solinadi. Shu muammo yuzasidan ish olib borayotgan ishchi guruh tarkibida deputatlar ham bor. Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Albatta bu vaqt talab qiladi, lekin uzoq kutmaysizlar. Bosqichma-bosqich tartibga solinadi. Bu bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bo‘lgan”.

Kiritildi: 12:06 14.06.2019. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!