Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Denovda dahshatli YTH: 3 kishi vafot etgani aytilmoqda

Denovda dahshatli YTH: 3 kishi vafot etgani aytilmoqda

Holat bo‘yicha viloyat IIB YHHB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 3 kishi vafot etgani aytilgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa 27 avgust kuni soat 10:05 larda Denov tumani “Qaytmas” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuz bergan. 2006 yilda tug‘ilgan shaxs Nexia rusumli transport vositasini boshqarib kelib, ehtiyotsizlik va tajribasizligi sababli oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tib, yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagiga chiqqan. Natijada qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Kiritildi: 13:21 30.08.2025. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!