Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Dembele Messidan nimani o‘rganganini aytdi

Dembele Messidan nimani o‘rganganini aytdi

«Oltin to‘p» sohibi, «PSJ» va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Usman Dembele «Barselona»da Lionel Messi bilan birga o‘ynagan davrini esladi.

«18-20 yoshlarimda muxlislarni hayratda qoldirish uchun imkon qadar chiroyli o‘ynashga harakat qilardim. Keyinchalik esa samaradorlik muhimroq ekanini tushundim.

«Barselona»da dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birga o‘ynadim. Ular orasida Leo Messi ham bor edi. U hamma ishni juda samarali bajarardi. Men undan juda ko‘p narsa o‘rgandim», — dedi Dembele BBC Sport’ning YouTube kanalida.

Dembele «Barselona» safida 2017 yildan 2023 yilgacha o‘ynagan. Shundan so‘ng u «PSJ»ga o‘tgan.

Kiritildi: 14:41 24.09.2026. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!