«Fenerbaxche» klubi «Manchestrer Siti» yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Fanatik xabariga ko‘ra, turk klubi de Bryuyneni qishki transfer oynasida qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi, lekin yozgacha kutishga ham tayyor.
33 yoshli belgiyalik futbolchining «Siti» bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. U bu mavsum APLda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 tadan gol assist qayd etdi.
De Bryuynega Saudiya Arabistoni va MLSdan ham qiziqish borligi aytilgandi.