Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi o‘simliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi o‘simliklar ro‘yxati tasdiqlandi

"Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (93-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Qarorga ko‘ra, moratoriy joriy etilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan va butalarning qimmatbaho navlarini kesish bo‘yicha:

* davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;

* hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;

* tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiy omillar, kasalliklar ta’sirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

 

 

Kiritildi: 10:07 20.02.2020. O'qildi: 1745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!