«Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (https://t.me/huquqiyaxborot/17052) (ro‘yxat raqami 2303-7, 23.12.2024 y.)
Unga ko‘ra, to‘lov stavkalari quyidagicha miqdorda belgilandi:
Mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida;
Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida;
Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
Yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida undiriladi;
Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 baravar miqdorida;
Elektromobillar (gibrid avtomobillar),mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va avtotransport vositalari tirkamalaridan (yarim tirkamalaridan) boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 6,84 baravari miqdorida;
Avtortansport vositalari, elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 10 foizi miqdorida.