Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Davlat rahbari tibbiyot sohasi ahvolidan darg‘azab bo‘ldi

A A A
Davlat rahbari tibbiyot sohasi ahvolidan darg‘azab bo‘ldi

KXDR oliy rahbari Kim Chen In mamlakatda tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasining rivojlanish darajasini tanqid qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

Davlat rahbari Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Myoxyansan tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi. Kim Chen Inning ta’kidlashicha, korxonadagi vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lgan, shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasida «g‘ururlanadigan hech narsasi yo‘q».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning iqtisodiyotining turli sohalarida olg‘a siljishlar kuzatilmoqda, biroq, sog‘liqni saqlash sohasida «ular hech qachon bo‘lmagan».

«Bu sohada g‘ururlanadigan hech narsa yo‘q... ishlab chiqarish muhitini yaxshi saqlab turgan, uskunalarni modernizasiya qilgan korxonaning o‘zi yo‘q», - deya qayd etib o‘tgan Kim Chen In.

Mamlakatning oliy rahbari amaldorlarni ushbu sohadagi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga chaqirdi.

Kiritildi: 13:34 21.08.2018. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik