"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “O.Y.S.” va "O.O." MCHJlarga qarashli avtotransport vositalarini yonilg‘i bilan ta’minlash shoxobchalarida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mazkur AYOQShlardagi yonilg‘i tarqatish ustunlari navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmagan holda iste’molchilarga neft mahsulotlari sotilgani aniqlandi.
1️⃣ Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonuni 43-moddasiga asosan, mazkur AYOQShlarga nisbatan realizasiya qilingan 18 019 litr neft mahsulotlari qiymatining 50 foizi miqdorida — 61,5 million so‘mlik jarima qo‘llanildi.