Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Davlat mehnat nazorati inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Davlat mehnat nazorati inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga yosh kadr tayinlandi.

Abdusamad Abdukarimov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri buyrug‘i bilan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abdusamad Abdusalomovich ushbu sohada etarli tajriba to‘plagan yosh mutaxassislardan sanaladi. Ayni vaqtga qadar vazirlikning Yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

U 1993 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2018 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Abdusamad Abdusalomovichning kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!

Ma’lumot uchun: Inspeksiya boshlig‘i bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori hisoblanadi.

Kiritildi: 15:35 27.04.2024. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!