Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni qisqartiriladi

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni qisqartiriladi

Hukumat qarori (166-son, 29.03.2021 y.) bilan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

🔰 Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:

➖ davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi:
➖ davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aksiyalari birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etiladi;
➖ davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar soni 2025 yilga qadar 30 foizgacha yetkaziladi. 

🔘 2021 yil 1 iyuldan:

➖ davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qo‘mitasi tashkil etiladi;
➖ aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga (listingga) kiritilgan va davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida “muvofiqlik tizimi” (komplayens) xizmati tashkil etiladi.

✅ 2022 yil 1 yanvardan:

➖ strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (oltin aksiya) bekor qilinadi;
➖ ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi a’zolari vakolatlari 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi;
➖ davlat ulushi bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni tanlov asosida aniqlash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

🔰 Shuningdek, Strategiyaga ko‘ra:

➖ davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarligi va ijro etuvchi organ a’zoligiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
➖ davlat xizmatchilarining bir vaqtning o‘zida davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi rahbari (a’zosi) lavozimlarini egallashi amaliyotlari bekor qilinadi. 

🧾 Ijro etuvchi organ rahbari va a’zolari javobgarligi bo‘yicha sug‘urta qilish mexanizmi joriy qilinadi. 

Kiritildi: 14:30 31.03.2021. O'qildi: 1931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!