Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Davlat chegara o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Davlat chegara o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

“O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga  davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati ilova qilingan. Unda 14 ta xizmatlar kiritilgan: masalan, konsullik xizmati faoliyati; O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari; valyuta ayirboshlash operasiyalari, bojxona va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat; umumiy ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat; boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni chakana savdosi; yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish; yo‘lovchilarni o‘tkazish punktini ichida tashish xizmati, taksi chaqirib berish xizmati.

"Pullik xizmatlarni ko‘rsatilishi uchun o‘tkazish punktlari Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bo‘yicha boshqarmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan kelishilgan holda, o‘tkazish punktini individual ko‘rsatkichlarini inobatga olib belgilanadi", - deyilgan loyihada.

Bunda, o‘tkazish punktini geografik joylashuvi, ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan pullik xizmatlar turi hamda ularni ko‘rsatish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan hudud maydoni, o‘tkazish punktini o‘tkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:00 23.08.2019. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!