Davlatning asosiy OAuth autentifikasiya serveri buzilishi oqibatida Hukumat tizimlaridan kamida 15 million O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari darknetga chiqib ketgani aytilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarning tibbiy ma’lumotlari saqlangan Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) tizimi ham to‘liq buzilgan. Ichki ishlar organlariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi ham elektron hukumat OAuth serveri buzilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ya’ni, oddiy pasport ma’lumotlaridan tortib, ish joyi va tibbiy tarixgacha bo‘lgan maxfiy axborotlar hakerlar qo‘liga tushgani taxmin qilinmoqda.
Darknetda tarqagalgani aytilgan fayllar orasida bir qancha rasmlar ham bor. Ulardan birida bankirlar — Hasan Rahmatov, Ayubxon Kamolov va raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos aks etgan.