Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Daniya qirg‘oqlari yaqinida Putinning yaxtasi kuzatildi

Daniya qirg‘oqlari yaqinida Putinning yaxtasi kuzatildi

Kema Rossiya esminesi va "Voyevoda" patrul kateri hamrohligida harakatlanmoqda, deb xabar berdi DR nashri MarineTraffic servisi ma’lumotlariga tayanib.

"Agentstvo"ning aniqlik kiritishicha, yaxtaning borish manzili sifatida Istanbul ko‘rsatilgan.

Yaxta 2022 yil avgust oxiridan beri radarlar ko‘rinishidan tashqarida edi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yirik urush boshlanganidan keyin, kemada dengiz kemalarini avtomatik identifikasiya qilish tizimi datchigi o‘chirib qo‘yilgandi.

82 metrli "Greysful" Rossiya prezidenti foydalanadigan (140 metrli 'Shaxerezada"dan keyingi) ikkinchi eng yirik yaxta hisoblanadi. Yaxtaning qiymati turli baholashlarga ko‘ra 100-120 million dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:41 30.06.2026. O'qildi: 1911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik