Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Daniya dunyodagi eng kuchli kvant kompyuterni qurmoqchi

Daniya dunyodagi eng kuchli kvant kompyuterni qurmoqchi

Daniya dunyodagi eng kuchli kvant kompyuterni yaratish rejasini e’lon qildi. QuNorth deya nomlangan ushbu tashabbus Microsoft hamda Atom Computing (Kaliforniya) kompaniyalari hamkorligida amalga oshiriladi, deb xabar berdi Bundle.

Dasturiy ta’minotga Microsoft mas’ul — uning Azure Quantum stekidan foydalaniladi. Apparat qismlarini esa Atom Computing kompaniyasi yetkazadi, ularda «neytral atomlar» asosidagi ilg‘or texnologiya qo‘llanilgan.

Yaratiladigan «Magne» tizimi taxminan 50 ta mantiqiy va 1200 dan ziyod fizik kubit bilan ishlay olishi kutilmoqda. Bu xususiyatlari bilan u shu paytgacha yaratilgan kvant kompyuterlar orasida «eng mukammal» degan nomga da’vo qilishi mumkin.

Shu paytgacha bu ikki jihatni bir tizimda hech kim jamlay olmagan.

«Magne» kompyuterini qurish 2025 yilning kuzida boshlanadi va 2027 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Tizim poytaxt Kopengagenda o‘rnatiladi va 100 foiz Daniya mulki hisoblanadi.

Loyiha uchun Daniya eksport-investisiya jamg‘armasi (EIFO) hamda Novo Nordisk jamg‘armasi 80 mln yevro ajratdi.

Kiritildi: 13:45 23.07.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!