Suriyadagi Damashq aeroporti 7 yanvardan xalqaro reyslarni tiklaydi.
Bu haqda shanba kuni Suriya fuqaro aviasiyasi va havo transporti boshqarmasi rahbari Ashhad al-Salibiy ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua axborot agentligi.
Rasmiyning Suriya davlat axborot agentligi SANAga bergan izohiga ko‘ra, hozirda rasmiylar Damashq va Halab(Aleppo) shimolidagi aeroportlarni xalqaro reyslar uchun tayyorlamoqda.
Aeroport faoliyati 2024 yil dekabrida Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad hukumati qulaganidan keyin to‘xtatilgan edi.
2 yanvar kuni Qatar Airways milliy aviakompaniyasi 2025 yil 7 yanvardan Damashqqa parvozlarni qayta boshlashini ma’lum qildi.