Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Dam olish kunlari O‘zbekistonda sovuq antisiklon chekinadi​​​​​​​

Dam olish kunlari O‘zbekistonda sovuq antisiklon chekinadi​​​​​​​

23−24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Juma kunduzi va kechasi O‘zbekiston hududi sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati asosan kunduzi 0…-3 daraja, shanbaga o‘tar kechasi −5…−8 daraja bo‘ladi.

Shanba kunduzi sovuq antisiklon O‘zbekiston hududidan chekinadi va sovuq havo massaslarining ta’siri asta-sekin kuchsizlanadi. Harorat kunduzi 0…+3 daraja atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi. Sovuq kechalari 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari +5…+8 darajagacha isiydi.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida juma birinchi yarmida ba’zi joylarda kuchsiz qor yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida shanbaning yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

25 yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari respublikaning ayrim joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 24−25 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida juma va shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Havo harorati bugun kunduzi −1…−3 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi −6…−8 daraja, kunduzi 0…+2 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi −1…+1 daraja, kunduzi +5…+7 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!