Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Dahshat! Musulmonlarning bolalari cho‘chqa go‘shti yeyishga majburlanyapti

Dahshat! Musulmonlarning bolalari cho‘chqa go‘shti yeyishga majburlanyapti

Ota-onalari Xitoy hukumati tomonidan lagerlarga jo‘natilgan shinjonlik uyg‘ur va qozoq bolalar saqlanayotgan muassasalar haqidagi videolavha namoyish etildi, deya xabar bermoqda Yevronyus .

Italiyaning Bitter Winter jurnali xodimlari kichik yoshdagi bolalar saqlanuvchi, Mehrga to‘la qalb ma’nosini bildiruvchi ana shunday muassasalardan birini yashirin ravishda videotasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu ta’lim markazi Shinjonning asosan qozoqlar yashovchi Chapchal shaharchasida joylashgan.

Bunday markazlarda faqatgina xitoycha ta’lim beriladi. Bolalarning tashqi dunyo bilan aloqa qilishlari deyarli imkonsiz, ularning tashqariga chiqishlariga ruxsat berilmaydi.

Xabarda aytilishicha, baland devorlar va simto‘rlar bilan o‘ralgan bu muassasalar qattiq nazorat qilinadi. Bolalar faqatgina oyda bir marta, xodimlarning nazorati ostida ota-onalari bilan videomuloqot qilishi mumkin. Ismini aytishni istamagan o‘qituvchilardan biri bunday muloqotlardan keyin bolalar anchagacha yig‘lashini va o‘zlariga kelishi qiyin bo‘lishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, xabarda bunday muassasalarda saqlanayotan bolalar faqat xitoycha gapirish, cho‘chqa go‘shti yeyish va muayyan an’analarga muvofiq yashashga majburlanishi aytilgan.

Kiritildi: 12:17 15.02.2019. O'qildi: 4026 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!