Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dahshat! Erkak xotinini bir yarim yil hojatxonada saqladi

A A A
Dahshat! Erkak xotinini bir yarim yil hojatxonada saqladi

Hindistonning Panipat shahrida hojatxonada qamab qo‘yilgan ayol qutqarildi. Ayol u yerda bir yarim yil ushlab turgan ekan. Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Bu holat haqida mahalliy kishilar ayollarni himoya qiluvchi tuman zobitiga qilgan murojaatidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Voqea joyiga kelgan polisiya uch farzandning onasi 0,8 kvadrat metrli hojatxonada qamab qo‘yilganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol u yerda 18 oy vaqt o‘tkazgan ekan.

Ayol shu qadar holsizlangan ediki, qo‘yib yuborilgandan keyin o‘zi mustaqil yurishga qiynaldi.

Erkak xotini ruhiy kasallikka chalinganligini aytdi, ammo buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmadi. Keyinchalik u hibsga olingan.

Jabrlanuvchi avval kasalxonaga jo‘natildi, so‘ngra qarindoshining qaramog‘iga o‘tkazildi.

Kiritildi: 14:39 16.10.2020. O'qildi: 7425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik