Bugun, 26 oktyabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Chunsin viloyatida joylashgan bolalar bog‘chasida 14 nafar bola pichoqlandi.
Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatni 39 yoshli Liu ismli ayol oshxona pichog‘i bilan sodir etgan.
Hozircha hujumning aniq sababi noma’lumligicha qolyapti. Lekin ayolning ijtimoiy tarmoqlarda hukumatga qarshi shikoyat qilish holatlari aniqlangan. Liu voqea joyida mahalliy polisiya tomonidan hibsga olingan.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabarga ko‘ra, hujum oqibatida ikki bola halok bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda bunday holatlar Xitoyda tez-tez takrorlanib turibdi. Bu kabi jinoyatlar, odatda, mansabdor shaxslardan qasos olishni xohlaydiganlar yoki ruhiy kasallikka duchor bo‘lganlar tomonidan amalga oshirilyapti.
Manba: qalampir.uz