BMTning COP29 iqlim sammiti natijalari: rivojlangan davlatlar kambag‘al mamlakatlarga yiliga kamida 300 milliard dollar ajratishga va’da berishdi.
Bokudagi sammitning yakuniy yig‘ilishida COP29 ishtirokchilari yangi maqsad bo‘yicha kelishib olgani ma’lum bo‘ldi: 2035 yilgacha iqlimni moliyalashtirish uchun yiliga kamida 300 milliard dollar ajratish.
AQSh prezidenti Jo Bayden allaqachon bu qarorni «muhim» deb atadi. Biroq sammit ishtirokchilarining ko‘pchiligi bundan norozi edi. Hindistonlik Lila Nandan bu miqdor kutilganidan ancha past ekanligini aytdi va qabul qilingan maqsad «mamlakatimiz omon qolishi uchun muhim bo‘lgan iqlim harakatini olg‘a siljitmasligini» qo‘shimcha qildi. Afrika davlatlari sammit deklarasiyasini «zaif va kech» deb atagan, global isish oqibatlaridan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan orol davlatlari ham o‘z umidsizliklarini bildirgan.
Bundan tashqari, ko‘plab sammit ishtirokchilari qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni qisqartirish bo‘yicha qat’iy majburiyat yo‘qligidan norozi bo‘lishdi. Bu masalani 2025 yildagi navbatdagi sammitgacha qoldirishga qaror qilindi.