Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ciyosiy masalalarda oldinga siljish kuzatilmayapti

Ciyosiy masalalarda oldinga siljish kuzatilmayapti

O‘t ochishni to‘xtatish mexanizm deyarli kelishib bo‘lindi, ammo siyosiy masalalarda oldinga siljish kuzatilmayapti — Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Zelenskiyning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Jenevada bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar natijasida tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishning texnik jihatlari yuzasidan murosaga kelgan, ammo bu jarayon ijrosini ta’minlaydigan siyosiy qarorlar hamon kelishilmagan. Muzokaralar siyosiy va harbiy yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tgan.

“Harbiy yo‘nalishda uch tomon ham konstruktiv qatnashdi. Agar siyosiy iroda bo‘lsa, harbiylar otishmani va urushni to‘xtatishni qanday nazorat qilishni yaxshi bilishadi. Otishmani to‘xtatishni monitoring qilishda AQSh vakillari ishtirok etadi”, — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidenti siyosiy yo‘nalishdagi eng bahsli masalalar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bog‘liqligini, jumladan ular Donbassning kelajagi va Zaporijjya atom elektr stansiyasini o‘z ichiga olishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 19:44. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!