Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Cirtqi ta’lim shakliga o‘tkazilgan test sinovlarining birinchi kunida o‘rtacha o‘tish bali 65,2 ni tashkil etdi

Cirtqi ta’lim shakliga o‘tkazilgan test sinovlarining birinchi kunida o‘rtacha o‘tish bali 65,2 ni tashkil etdi

Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan, respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining birinchi kuni natijalariga qaraganda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 108,7 ballni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha o‘tish bali esa 65,2 ball bo‘ldi.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining www.dtm.uz saytida 2018 yil 18 avgust kuni soat 17.45da e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun: 17 avgust kuni test sinovlari shaxsni identifikasiyalash vositalari, videofiksasiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 52 ta binoda 28 ta oliy ta’lim muassasalarining 55 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi. Test sinovlarida 49 982 nafar abituriyent ishtirok etdi, 3385 nafari kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 72 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 22:40 18.08.2018. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!