Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

"Cho‘lpon" haqida film: bosh rolni qaysi aktyor o‘ynadi?

A A A
"Cho‘lpon" haqida film: bosh rolni qaysi aktyor o‘ynadi?

Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamkorligida “Media Illusion” studiyasi tomonidan Cho‘lpon haqida "Qush esdaligi” hujjatli filmi yaratildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

“Qush esdaligi” filmida bosh qahramonni Shohjahon Subhonov ijro etgan. Yosh aktyor film haqidagi taassurotlarini so‘zlab berdi:

– Cho‘lponning ijodiy faoliyatini o‘rganib o‘zim uchun ancha ilm va tajriba oldim. Shoir 24 yoshidayoq Turkistonda ancha taniqli bo‘lgan. Qolaversa, jamoatchilik ishlaridagi faolligi va ilg‘or tashabbuslari bilan el nazariga tushadi.

Yosh rejissyor Husan Rashidovning taklifi bilan kastingda qatnashib, muvaffaqiyatli o‘tdim. S’yomka jarayonlari ancha hayajonli bo‘ldi.

Filmda Cho‘lpon siymosini to‘laqonli ochib berishga harakat qildim. Bu tarixiy obraz men uchun debyut ijro bo‘ldi. Barcha qiyinchiliklar va mashaqqatlar besamar ketmadi, deb o‘ylayman. Ijodiy jamoa bilan ishlab, juda katta tajriba to‘pladim!

Kiritildi: 15:45 23.08.2021. O'qildi: 2687 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!