Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

Chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi



“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–293-son, 05.08.2026 y.) qabul qilindi.

🤑 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan 2030 yil 1 yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan Davlat byudjeti hisobidan naslchilik xo‘jaliklariga o‘stirishga qoldirilgan identifikasiya qilingan urg‘ochi nasldor qoramollarni saqlash xarajatlarining bir qismini qoplashga har bir davr uchun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

🤓 birinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 1,5 mln so‘m;
🤓 ikkinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 2 mln so‘m;
🤓 olingan buzoq 12 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m;
🤓 olingan buzoq 12 oydan 18 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m.

🏛 Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi muassisligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradigan servis korxonasi tashkil etiladi:

🔹 xorijiy davlatlarda chorvachilik tarmog‘i loyihalarini amalga oshirish;

🔹 xorijiy davlatlardan yirik va mayda shoxli qoramollarni chorvachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga etkazib berish hamda ushbu maqsadlar uchun mamlakat hududida import karantini punktlari (zonalari)ni tashkil etish;

🔹 chorva mollari yetkazib berilgandan keyin kamida 12 oy oziqlantirish, veterinariya, sun’iy urug‘lantirish, naslchilik va zootexnik xizmatlar ko‘rsatishdan iborat servis paketini taqdim etish.

Kiritildi: 17:04 06.08.2026. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!