Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chortoqlik ikki nafar ma’suliyatsiz “ota” ga ma’muriy jazo qo‘llanildi

Chortoqlik ikki nafar ma’suliyatsiz “ota” ga ma’muriy jazo qo‘llanildi

Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi va ma’muriy sud hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi sayyor sud qaroriga ko‘ra otalik burchini unutgan ikki nafar shaxs o‘n besh sutkalik ma’muriy qamoqqa tortildi. Bu haqda MIB Namangan viloyat boshqarmasining aniq.uz ga ma’lum qildi.

Sayyor sudda aniqlanishicha, tumanning Navro‘z mahallasida yashovchi A.T fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudning 2010 yil 1 apreldagi qaroriga ko‘ra bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin, uning bu majburiyatga panja orasidan qarab, to‘lovni vaqtida amalga oshirmay keladi. Joriy yilning 1 yanvar holatiga qarzdorlik 18.437.028 so‘mga borib yetadi. Bir necha bor Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilarining ogohlantirishiga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmadi. Natijada fuqaro A.T ga nisbatan 28 yanvar kuni kuni bo‘lib o‘tgan sayyor sudda tegishli qaror qabul qilindi.

Yoki Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2015 yil 24 martdagi buyrug‘iga ko‘ra, Chortoq tumani Tinchlik mahallasida yashovchi U. I undiruvchi X. Sh foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lsa-da, qarzdorlik 7.618.985 so‘mga borib yetadi. Unga ham tegishli tartibda sayyor sudda ma’muriy chora qo‘llanildi.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Kiritildi: 11:39 05.02.2019. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!