Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Chirchiqdan Olmaotaga xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chirchiqdan Olmaotaga xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«Chirchiq - Olmaota» yo‘nalishida 2018 yil 14 noyabr soat 17:00dan muntazam xalqaro avtobus qatnovi amalga oshirila boshlandi, deb xabar qilmoqda Avtomobil transporti agentligi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi «O‘zavtotrans Servis» UK, Qozog‘iston tomonidan esa tashuvchi «O‘rda» firmasi xizmat ko‘rsatadi. 

Yo‘nalishning masofasi 818,0 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Yo‘l haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Olmaotagacha – 150 ming so‘m. Olmaotadan Chirchiqqacha– 6 ming tenge qilib belgilandi.

Yo‘nalishdagi qatnov «Turkiston» (O‘zbekiston), «Qazig‘urt» (Qozog‘iston) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 11:42 15.11.2018. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!